Peritonit (yun. peritonaeum — qorin pardasi) — qorin pardasining yallig‘lanishi.Hamma yoshdagi kishilarda uchraydi.Odatda, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarning shikastlanishi yoki ularga mikroblar (ichak tayoqchasi, streptokokk, stafilokokk) tushishi oqibatida yuzaga keladi. Me’da, o‘n ikki barmoq ichak yarasi, o‘t pufagi, ko‘richakning yorilib ketishi va churraning qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘ining jarohatlanishi va boshqalarga sabab bo‘ladi.